TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 21 yanvar kuni AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu maqsadda tashkil etilgan charter reys AQShning tegishli hukumat idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Natijada O‘zbekiston fuqarolarining Vataniga xavfsiz va o‘z vaqtida qaytarilishi ta’minlangan.
Qayd etilishicha, mazkur tadbir O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan navbatdagi amaliy qadamlardan biridir. Fuqarolarning xorijdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni Vataniga qaytarish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.