Tinchlik kengashi nizomi tasdiqlandi: O‘zbekiston ta’sischilar qatorida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davosda o‘tgan marosimda Tinchlik kengashi nizomini imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Shveysariyaning Davos shahrida AQSh prezidenti Donald Tramp hamda ta’sischi davlatlar vakillari Tinchlik kengashi nizomini imzoladi. Nizom imzolanishi bilan tuzilma rasman xalqaro tashkilot maqomini oldi.
Imzolash marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Ilgariroq u O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.
Marosimda so‘zga chiqqan Donald Tramp ushbu tashabbus butun dunyoda tinchlikka erishish umidini uyg‘otishini ta’kidlab, bunday natijani o‘zining “buyuk merosi” deb baholadi. Shuningdek, u G‘azo sektoridagi mojaro yakunlanish arafasida ekanini aytdi hamda anklavni demilitarizatsiya qilish, unda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va hududni qayta tiklashga e’tibor qaratishini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, nizomni AQSh va O‘zbekistondan tashqari Armaniston, Argentina, Ozarbayjon, Bolgariya, Vengriya, Indoneziya, Iordaniya, Qozog‘iston, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo, Pokiston, Paragvay, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Mo‘g‘uliston imzoladi.
Mirziyoyev Shveysariyaga yetib bordi: Davosda xalqaro uchrashuvlar rejalashtirilgan