TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Samarqand shahrida "National AI Hackathon" milliy xakatonining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Sun’iy intellekt bo‘yicha milliy xakatonning grand finaliga chiqish uchun 48 ta jamoaga birlashgan 400 nafar ishtirokchi bellashmoqda.
Uch kun davomida 16 yosh va undan katta bo‘lgan AT-mutaxassislar beshta yo‘nalish bo‘yicha ishlaydigan prototiplarni ishlab chiqadi. Jarayonda ishtirokchilarga yetakchi AT-kompaniyalar mutaxassislari ustozlik qiladi.
Dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan finalga bor-yo‘g‘i beshta jamoa yo‘l oladi. Ular o‘z loyihalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.