TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveysariyaning Surix shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Surix xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 22-yanvar kuni Davos shahrida mamlakat yetakchisi AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.