TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yalpi ichki mahsulotida (YaIM) xizmatlar sohasining ulushi 63 foizdan oshmoqda, dedi Baxit Sultanov, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning iqtisodiyot va moliyaviy siyosat bo‘yicha hay’ati a’zosi.
Bu haqda Rossiya TIV MDH davlatlari birinchi departamentining Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi bo‘limi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sultanovning so‘zlariga ko‘ra, YeOII doirasida shakllangan yagona xizmatlar bozori hozirda 140 tadan ortiq tarmoqni qamrab olgan. Ular orasida qurilish va savdodan tortib, qishloq xo‘jaligi hamda turizmgacha bo‘lgan sohalar bor.
Shu bilan birga, kelgusida ushbu bozorni yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, konsalting xizmatlari, veterinariya va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda, deya qo‘shimcha qildi YeIK vakili.