Matbuot markazi

AES xavfli emasmi - oddiy tilda tushuntirib berildi

Ta’kidlanishicha, atom elektr stansiyalarida xavf minimallashtirilgan bo‘lib, xavfsizlik tizimlari doimiy ravishda takomillashib bormoqda
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Texnik ma’lumotga ega bo‘lmagan odamga nima uchun atom energetikasi ekologik toza va xavfsiz deb hisoblanishini oddiy so‘zlar bilan qanday tushuntirish mumkin?
Ushbu savollarga Sputnik O‘zbekiston xalqaro matbuot markazida "Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadro universiteti ("MMFI" MTAU) Toshkent filiali talabalari tushunarli va murakkab atamalarsiz javob berishdi.

"Men ko‘pincha tanishlarimga AES nima ekanligini va u qanday ishlashini tushuntirishga majbur bo‘laman va birinchi navbatda tushuntirishni bu urandagi choynak ekanligidan boshlayman", - dedi Muhiddin Umidov.

Murodjon Ilhomjonov esa xavf minimallashtirilgani va AESda xavfsizlik tizimi doimiy ravishda o‘sib, rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

"Biz zamonaviy texnologiyalarga ishonishimiz va bu konstruksiya ustida minglab, millionlab muhandislar ishlaganini, uni o‘rganish va xavfsiz qilish uchun umrlarini sarflaganlarini tushunishimiz kerak", - dedi u.

Videko‘prikning to‘liq yozuvini quyidagi havola orqali tomosha qiling.
AES uchun tanlangan maydon juda maqbul — mutaxassis