NATO yopilishi, “buyukmas” Britaniya, AQSh kosmos quroli — matbuot anjumanida Lavrov bayonotlari

Sergey Lavrov Rossiya TIVning 2025-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida jahon siyosati, xalqaro xavfsizlik va global jarayonlar yuzasidan qator bayonotlar bildirdi
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya TIVning 2025-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan an’anaviy katta matbuot anjumanini o‘tkazdi.
Quyida matbuot anjumanida bildirilgan asosiy bayonotlar keltiriladi:
AQShning Venesuelaga hujumi qo‘pol qurolli bosqin hisoblanadi.
Bugun jahon siyosatda "kim kuchli bo‘lsa, o‘sha haq" tamoyili ustuvor.
Rossiya o‘z manfaatlarini izchil himoya qiladi va qonuniy huquqlariga erkin munosabatga yo‘l qo‘ymaydi.
G‘arb intilayotgan Rossiyani "izolyatsiya qilish" siyosati muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Rossiya Putin davrida xalqaro maydonda o‘z o‘rnini anglay boshladi.
Dunyoning aksar davlatlari Ikkinchi jahon urushi xotirasini unutmaslik tarafdori.
AQSh, Tramp va yadroviy xavfsizlik:
Rossiya Trampning xalqaro xavfsizlik masalalaridagi izchil bo‘lmagan pozitsiyasini ko‘rmoqda.
Rossiya va AQSh kabi eng yirik yadroviy davlatlar pozitsiyalari hech qachon 100 foiz mos kelmaydi.
Donald Tramp bir necha kun avval xalqaro huquq uni qiziqtirmasligini aytgan.
AQSh Yevropa va boshqa mamlakatlar bilan bojxona nizolarida uzoq davom etuvchi to‘qnashuvlarga kirishgan.
AQSh kosmosga qurol joylashtirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
Yevropa, NATO va G‘arb institutlari:
OBSE (YeXHT) shu qadar inqirozga uchradiki, uni "reanimatsiya qilish" mumkinmi-yo‘qmi — noma’lum.
G‘arbda NATOning "yopilishi" masalasi tashkilotning chuqur inqirozi fonida muhokama qilinmoqda.
Yevropa yetakchilari Davosdagi uchrashuvlardan Trampning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirish uchun foydalanmoqchi.
Britaniyani Britaniya deb atash kerak, faqat u o‘zini "buyuk" deb ataydi.
Makron tarixni eslashi va Napoleonning Rossiyani bosib olishga urinishini unutmasligi kerak.
Yaqin Sharq, Eron va boshqa mintaqalar:
Rossiya Erondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlardan jiddiy xavotirda.
Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilish uchun Falastin davlatini tashkil etish zarur.
Rossiya Eron va Isroil o‘rtasida vositachilik aloqalariga ega.
AQSh Rossiya va Xitoyning Grenlandiyani bosib olish rejalari yo‘qligini juda yaxshi biladi.
Xitoy iqtisodiyotda G‘arb raqobatchilarini ularning o‘z qoidalari bo‘yicha o‘ynab ortda qoldirdi.
Moldova, Armaniston va integratsiya:
Moldova hokimiyatining siyosati mamlakatni YeI tomonidan "yutib yuborish"ga olib keladi va bu halokatli.
Armanistonning YeIga qo‘shilishi YeOIIga a’zolik bilan bir vaqtda mumkin emas, tanlov xalqniki.
Xavfsizlik va harbiy tahdidlar:
Kaliningradga nisbatan har qanday arandatishlar ularni boshlaganlar uchun o‘zini o‘zi yo‘q qilishga teng bo‘ladi.
Bundan tashqari, Sergey Lavrov Ukraina mojarosiga taalluqli qator bayonotlar ham bildirdi.
Sergey Lavrov TIVning 2025-yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi