1 mln tonna quvvat, 834 mln dollar investitsiya: “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasi

Bekobod shahrida 834 million dollarlik investitsiya hisobiga yirik quyuv-prokat majmuasi qurilishi yakunlanib, metall mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari sezilarli kengaydi
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. “O‘zmetkombinat” AJ 834 million dollarlik investitsiyalar hisobiga quyuv-prokat majmuasi qurilishini yakunladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Toshkent viloyatining Bekobod shahrida quyuv-prokat majmuasini qurish loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida 1295 ta yangi ish o‘rni yaratildi" - deyiladi xabarda.

Yangi majmua yiliga 1 million tonnadan ortiq issiq prokatlangan po‘lat list o‘ramlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.
Majmua qurilishi 2018-yil avgust oyida boshlangan. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq, majmua issiq holda prokatlangan listning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga, ya’ni 2,1 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Asosiy texnologik liniyalarni yetkazib beruvchi Italiyaning "Daniyeli" kompaniyasi bo‘lib, loyihani moliyalashtirish "O‘zmetkombinat"ning o‘z mablag‘lari, shuningdek, xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirildi.
"Uzmetkombinat" postroil liteyno-prokatniy kompleks moshnostyu bolee 1 mln tonn
Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, majmua ishga tushirish bilan mamlakat chet eldan metall mahsulotlari sotib olishni sezilarli darajada qisqartirishi va to‘liq o‘zini o‘zi ta’minlashga o‘tishi mumkin.
Barcha mahsulotlar qat’iy xalqaro standartlarga javob beradi: listlarning qalinligi 1,4 milimetrdan 12 millimetrgacha, eni esa 80 santimetrdan 1,3 metrgacha bo‘ladi. Ushbu parametrlar korxonaning eksport imkoniyatlarini kengaytirib, mahsulotlarni jahon bozorida raqobatbardosh qiladi.
"O‘zmetkombinat" AJ O‘zbekistondagi eng yirik qora metallurgiya korxonasi bo‘lib, metall parchalarida ishlaydi. Kombinat 1944-yilda ishga tushirilgan.
“O‘zmetkombinat” 132,5 mln yevro xalqaro moliyalashtirish jalb etdi