TOShKENT, 19 yanv – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida 20-yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da "O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi uchun kadrlar tayyorlashda qanday hamkorlik qilmoqda" mavzusida Toshkent-Moskva videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent shahridagi ishtirokchilar:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Davron ISANBEKOV;
- Milliy yadro tadqiqotlari universiteti (NIYaU MIFI) Toshkent filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Zarina UZAKOVA;
- NIYaU MIFI Toshkent filialining "Elektr energetikasi va elektrotexnika" yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Muhiddin UMIDOV;
- NIYaU MIFI Toshkent filiali "Yadro fizikasi va texnologiyalari" yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Murodjon ILXOMJONOV.
Moskvada:
- "Kurchatov instituti" ilmiy-tadqiqot markazi vitse-prezidenti Aleksandr BLAGOV.
2025 yil dekabr oyida NIYaU MIFI Toshkent filialida atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or muhandislik maktabi ochildi, shuningdek, "O‘zatom" va "Kurchatov instituti" ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Ekspertlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari - yadro tibbiyoti, "yashil" texnologiyalar, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish va atom sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash masalalarini muhokama qiladilar.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev