Xitoy–Markaziy Osiyo savdosi tarixda ilk bor 100 mlrd dollardan oshdi

2025 yilda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo hajmi rekord darajaga yetib, barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. 2025 yilda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Tovar ayirboshlash hajmi 106,3 milliard dollarni tashkil etib, yillik hisobda 12 foizga oshdi. Bu haqda Xitoyning Sinxua axborot agentligi mamlakat Tijorat vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk bor Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo hajmi 100 milliard dollardan oshdi va so‘nggi besh yil davomida barqaror o‘sish qayd etilmoqda.
O‘tgan yili Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari uchun eng yirik savdo sherigiga aylandi.
Xitoyning mintaqadagi eksporti 71,2 milliard dollarni tashkil etib, elektromexanika va yuqori texnologiyali mahsulotlar hisobiga 11 foizga o‘sdi. Markaziy Osiyodan import esa 14 foizlik o‘sib, 35,1 milliard dollarga yetdi.
Shuningdek, transchegaraviy elektron tijorat, logistika va to‘lov tizimlari bo‘yicha hamkorlik jadal rivojlandi. "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida uskunalar ishlab chiqarish, ekologik toza resurslar va zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohalaridagi yirik loyihalar amalga oshirilib, mintaqa sanoatini modernizatsiya qilish va iqtisodiy o‘sishga turtki berdi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII–Xitoy savdosi yangi rekord — hajm salkam $300 milliardga yetdi