MDH G‘arb sanksiyalari oqibatlarini yumshatishga erishdi — bosh kotib

Ta’kidlanishicha, hamdo‘stlik mamlakatlari o‘zaro hamkorlik orqali tashqi bosim sharoitida iqtisodiy barqarorlikni saqlash va transport-logistika yo‘nalishlarida uzluksizlikni ta’minlashga erishmoqda
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari birgalikda G‘arbning sanksiya siyosati oqibatlarini imkon qadar yumshatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Biz global chaqiriqlar va tashqi bosimlarga birgalikda javob berish va qarshi turishga muvaffaq bo‘lmoqdamiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan biz import o‘rnini bosish bo‘yicha faol harakat qilmoqdamiz, bu esa nodo‘stona sanksiyalar siyosati oqibatlarini imkon qadar yumshatish imkonini berdi," - dedi Lebedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sanoat, agrosanoat majmuasi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda.

"Energetika, transport va aloqa, ya’ni transchegaraviy hamkorlik alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sohalardagi hamkorlik ularning uzluksiz ishlashini va tranzit salohiyatini keng ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydi. Shunday qilib, tranzit yuk oqimlarining sanksiyaviy cheklanishiga qaramay, 2025-yilning 9 oyi davomida Hamdo‘stlik temir yo‘llari orqali G‘arbga 1 166,8 million tonna yuk tashildi va yuk aylanmasi deyarli 2024-yil darajasida saqlanib qoldi. Xalqaro yo‘nalishlarda tashilgan yo‘lovchilar soni esa, aksincha, 13,6 foizga oshib, 8,4 million yo‘lovchini tashkil etdi," - dedi bosh kotib.

MDHda o‘zaro investitsiyalar 41,6 mlrd dollarga yetdi — yetakchi o‘sish O‘zbekiston va Qozog‘istonda