Tramp nima sababdan Eronga zarba berishni keyinga qoldirdi?

Vashington bayonotlari Eronni chalg‘itishga qaratilgan aldamchi taktika bo‘lishi mumkin - ekspert.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Tramp maslahatchilar va ittifoqchilar tomonidan bildirilgan xavotirlar tufayli Eronga qarshi zarbalarni keyinga qoldirdi, deb xabar qilmoqda Oq uyga yaqin manbaalarga tayanib WSJ.

"AQSh rasmiylari va Yaqin Sharqdagi sheriklar keng ko‘lamli bombardimon qilish, Eron hukumatini ag‘darishga olib kelmaydi, aksincha uning aholisini jipslashtirib, huddudda kengroq mojaroga olib kelishi mumkin", deb yozgan edi nashr.

16 yanvar kuni Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon va Misr diplomatik kanallar orqali AQSh prezidentini Eronga zarba bermaslikka undagani haqida xabar berilgan edi.
Shu bilan birga, bir qator xalqaro ekspertlar Trampning vaziyatni yumshatishga qaratilgan bayonotlari aldammchi taktika bo‘lishi mumkinligigni xabar qilmoqda.

Xususan, turkiyalik mutaxassis Mete Soxtaoglu aytishiga ko‘ra, AQSh prezidentining keskinlikni kamaytirish haqidagi bayonotlari aldamchi taktika bo‘lib, barqarorlik illyuziyasini yaratishi mumkin, lekin bir vaqtning o‘zida haqiqiy zarba berishga tayyorgarlik parallel va yashirin ravishda olib borilmoqda.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQSh rahbariyatining Eronga nisbatan ritorikasini tanqid qilib, uni o‘ta xavfli va mas’uliyatsiz deb atadi.
"Rossiya Federatsiyasi bugungi Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishiga Erondagi ichki siyosiy vaziyat emas, balki xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va xalqaro huquqni qo‘llab-quvvatlash vakolati nuqtayi nazaridan qarash kerakligiga ishonadi. Hozirgi vaziyatda ushbu norma va tamoyillarning buzilishi aniq. Bularga AQSh rahbariyatining so‘nggi kunlardagi o‘ta xavfli va mas’uliyatsiz ritorikasi kiradi", dedi Nebenzya Erondagi vaziyatga bag‘ishlangan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.
Bir kun oldin, Oq uy hech qanday variant istisno qilinmasligini ta’kidlagan edi. AQSh mintaqaga USS Abraham Linkoln aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba berish guruhini yubormoqda.
Erondagi tartibsizliklar

2025 yil dekabr oyi oxirida rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida, keyinchalik siyosiy tizimga qarshi tartibsizliklarga aylanib ketdi.

8 yanvar kuni Tehron va boshqa shaharlarda namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi. 100dan ortiq politsiya xodimi qurbon bo‘ldi.

Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.

Rasmiy manbaalarga ko‘ra, tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan oshgan, ularning aniq soni tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.

Tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib uch ming kishi qo‘lga olingan, ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilgan.