Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Qurolli kuchlari beshta aholi punktini ozod qildi

O‘tgan hafta davomida Rossiya Qurolli kuchlari Komarovka, Zakotnoe, Jovtnevoe, Belogorye va Novoboykovskoe aholi punktlarini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Maxsus operatsiya hududida 10-yanvardan 16-yanvarga qadar Rossiya Qurolli kuchlari Sumi viloyatida Komarovka, DXRda Zakotnoe hamda Zaporojye viloyatida Jovtnevoe, Belogorye va Novoboykovskoe aholi punktlarini ozod qildi.
Rossiya hududidagi fuqarolik obyektlariga zarbalarga javoban Ukrainaga uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida oltita guruhli zarbalar berildi. Zarba natijasida Ukraina harbiy sanoatini ta’minlovchi energetika obe’ktlari, transport va port infratuzilmasi hamda harbiy aerodromlar vayron qilindi.
Undan tashqari Ukraina Qurolli kuchlari omborlari, uzoq masofali uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish sexlari hamda xorijiy yollanma askarlar turar joylari yo‘q qilindi.
“Shimol” qo‘shinlari guruhi Sumi viloyatida Komarovka aholi punktini ozod qildi, dushmanning ikkta hujumchi-desant brigadalari hamda hududiy mudofaa brigadalariga zarba berdi. Xarkov yo‘nalishida UQKning uchta mexanizatsiyalashgan brigadalari, hududiy mudofaa va chegara qo‘shinlari otradi yo‘q qilindi.
Ushbu yo‘nalishlarda dushmanning jami 1345 nafar harbiylari safdan chiqarildi (qurbon va yaralangan) 4ta zirhli jangovar mashina, 10ta dala artilleriya quroli, 23ta qurol yarog‘ ombori, 7ta radar va 92ta avtomobil yo‘q qilindi.
“G‘arb” qo‘shinlar guruhi 1340 askarini, tank, 16 zirhli jangovar mashinasi, 132 avtomobil va 6ta dala artilleriya quroali hamda 6ta radiostansini va 26 ta omborxonani yo‘q qildi.
“Janub” qo‘shinlar guruhi DXRda Zakotnoe aholi punktini ozod qildi. Janglar natijasida dushmanning 1140 dan ortiq askari safdan chiqarildi, ikki tanki, 42 ta zirhli mashinasi, 105 ta avtomobili, 22 ta to‘pi, 8ta radiostansiyasi va 18 ta omoborxonasi yo‘q qilindi.
“Markaz” kuchlar guruhi o‘tgan hafta davomida DXR va Dnepropetrovsk viloyati hududida dushmanning 2835 dan ortiq askarini safdan chiqardi. 3ta tanki, 30 ta jangovar avtomobili, 60 ta avtomobili, 8ta to‘pi va ikkita radarini yo‘q qildi.
“Sharq” kuchlar guruhi Zaporojye viloyatida Jovtnevoyeaholi punktini ozod qildi. Dushmanning 1665 dan ortiq askaris afdan chiqarildi. 30 ta zirhli mashina, 74 ta avtombil, 8 ta to‘p, 4ta omborxona yo‘q qilindi.
“Dnepr” kuchlar guruhi Zaporojye viloyatidagi Belogorye va Novoboykovskoe aholi punktlarini ozod qildi. Dushmaninng 370 askari safdan chiqarildi, tank, 5ta zirhli mashina 74 avtomobil, 7ta to‘p, 8ta radar va 12ta omborxona yo‘q qilindi.
Jangovar dronlar va artilleriya yordamida Rossiya beshta reaktiv yoppasiga sht ochish tizimini yo‘q qildi, jumladan AQShda ishlab chiqilgan HIMARS va Chexiyada ishlab chiqilgan “Vampire”.
Havo mudofaa kuchlari tomonidan 31ta boshqariladigan aviabomba, 21ta HIMARS snaradi va uchta zoq masofali “Neptun” raketalari hamda 1138 ta uchuvchisiz apparatlar urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuchlarining 670ta samoleti, 283 ta vertoleti, 109 344 ta uchuvchisiz apparatlari, 645 ta zenit-raketa majmualari, 27 154 tanki, 1 642 ta RSZO mashinalari, 32 613 dara artilleriya qurollari, 51 993 harbiy avtomobili yo‘q qilindi.