TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Abxaziyada O‘zbekiston fuqarosi urush faxriysini o‘limdan saqlab qoldi.
11 yanvar kuni Gagra shahrida yashayotgan Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Yevdokiya Kotlyarovaning uyida yong‘in chiqqan. Shu yaqin atrofda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi Faxriddin Suyarov ayol kelinining qichqirig‘ini eshitib, birinchi bo‘lib yordamga kelgan. Xavfga qaramay, u yonayotgan uyga kirib, yura olmaydigan keksa ayolni olib chiqqan.
Keyin o‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, yong‘inni o‘chirishgan.
Suyarov Gagra tuman ma’muriyatidan minnatdorchilik xati va pul mukofoti berilgan.
Ulug‘ vatan urushi faxriysining xonadoni respublika budjeti hisobidan ta’mirlab beriladi.
Yevdokiya Kotlyarova urush yillarida Rostov viloyatida yashagan. Uning qishlog‘i nemislar tomonidan bosib olingandan so‘ng 11 yoshli qiz bobosi bilan birga partizanlarga yordam berib, ularga qishloq aholisining xatlarini yetkazib berib turgan. Nemislar uning bobosini ko‘z o‘ngida qatl qilishgan.

Yevdokiya Kotlyarova
© Sputnik Abxaziya