Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari ikki haftada 8 qishloq va 300 kv.km hudud ozod qildi: Gerasimov bayonotlari

Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i “Markaz” guruhi bo‘linmalari faoliyatini tekshirish chog‘ida frontdagi vaziyat yuzasidan qator bayonotlar berdi
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Yanvar oyining dastlabki ikki haftasida sakkizta aholi punkti ozod qilindi va 300 kvadrat kilometrdan ortiq hudud Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tdi.
Bu haqda Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, Valeriy Gerasimov ushbu bayonotni Dnepropetrovsk yo‘nalishida “Markaz” guruhi bo‘linmalari faoliyatini tekshirish chog‘ida bildirgan.
General Valeriy Gerasimovning boshqa bayonotlari:
birlashgan qo‘shinlar qo‘shilmalari va harbiy qismlarning hujumi deyarli barcha yo‘nalishlarda davom etmoqda;
“Dnepr” guruhi kuchlari Zaporojye shahri tomon hujum qilmoqda;
Kupansk-Uzlovayani ozod qilish yakunlanish bosqichida;
Kupansk yo‘nalishida “G‘arb” guruhi qo‘shinlari Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘ida qurshab olingan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini yo‘q qilishda davom etmoqda;
Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi yo‘qotishlar bilan hisoblashmasdan, har qanday yo‘l bilan hujumlarni to‘xtatishga urinayotgani ta’kidlandi;
Konstantinovka shahrida Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalarini yo‘q qilish bo‘yicha janglar davom etmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Gerasimov: Rossiya qo‘shinlari dadil dushman mudofaasi ichkarisi sari olg‘a siljimoqda