TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyaning barcha federal okruglaridagi yirik aeroportlar hududida 17 ta, shuningdek, Astraxan viloyatidagi “Oqsaroy” temir yo‘l o‘tkazish punktida yana 1 ta migratsiya nazorati punkti ochildi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu punktlarda zamonaviy maxsus uskunalar qo‘llaniladi. Bu yo‘lovchilar oqimini tekshirish jarayonini tezlashtirish va nazoratni samarali tashkil etish imkonini beradi.
Kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilar tomonidan sotib olingan chiptalar haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda qayta ishlanadi.
Natijada politsiya xodimlari huquqbuzarlar to‘g‘risida to‘liq axborot, shuningdek, ularni ma’muriy javobgarlikka tortish yoki Rossiyaga kirishni cheklash uchun zarur bo‘lgan tayyor hujjatlar to‘plamini oladi.
Shuningdek, Rossiya IIV Migratsiya xizmati hamda Rossiya IIV Transport bosh boshqarmasining muvofiqlashtiruvchi roli ostida suv yo‘llari va avtomobil o‘tkazish punktlari yaqinida ham migratsiya nazorati punktlarini ochish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.