Mahkumlarga “video-uchrashuv”ga ruxsat berildi

Yangi qonunga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarga 15 daqiqagacha bo‘lgan bir martalik masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali muloqot qilish huquqi berildi
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarga 15 daqiqa davom etadigan 1-marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqi berildi.
Qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ilgari mahkumning faqatgina 15 daqiqa davom etadigan 1-marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilangan edi.
Senat mahkumlar jazo muddatini kitob o‘qish orqali qisqartirishga doir qonunni ma’qulladi