O‘zbekiston va YeOII

Rossiya YeOII tashqarisiga qo‘rg‘oshin eksporti uchun litsenziya tartibini yana 6 oyga uzaytirdi

Rossiyada qo‘rg‘oshin va uning chiqindilarini YeOIIdan tashqariga eksport qilish litsenziya orqali amalga oshiriladi. Litsenziyalash tartibi 6 oyga uzaytirildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududidan tashqariga qo‘rg‘oshin va qo‘rg‘oshin chiqindilarini ruxsatnoma (litsenziya) tartibida eksport qilishni yana 6 oyga uzaytirildi. Rossiya hukumatining tegishli qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, Rossiyadan YeOII bojxona hududidan tashqariga:
qo‘rg‘oshin chiqindilari va lomlari,
qayta ishlanmagan qo‘rg‘oshin hamda uni o‘z ichiga olgan qotishmalar
eksporti ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.
Litsenziyalash tartibi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 6 oy davomida amal qiladi. Eksport uchun yakka tartibdagi litsenziya Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan beriladi.
Bunda qo‘rg‘oshin eksportini amalga oshiruvchi kompaniyalar:
xavfli chiqindilar bilan ishlash litsenziyasiga;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ekspluatatsiya qilish ruxsatnomasiga;
sanitariya himoya hududi bo‘yicha tegishli hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
Shu bilan birga, qaror xalqaro tranzit yuk tashuvlariga taalluqli emas — ya’ni Rossiya hududi orqali tranzit o‘tayotgan qo‘rg‘oshin yuklari litsenziya talablaridan ozod etilgan.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda ayrim mineral o‘g‘it xomasholari uchun import boji vaqtincha bekor qilindi