TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Tennis bo‘yicha joriy yilning ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionatining asosiy davrasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining birinchi bosqichdagi raqiblari aniqlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kamilla Rahimova ilk uchrashuvda AQSh vakili, dunyoning uchinchi raqamli tennischisi Kori Gauffga qarshi kortga chiqadi.
Polina Kudermetova esa birinchi bosqichda Ispaniya tennischisi Guyomar De Reales bilan bahs olib boradi.
Uchrashuvlar 18-yanvar kuniga belgilangan.