Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari mukofotlandi

Ro‘yxatda Mudofaa vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari, IIV, FVV, Oliy sud, prokuratura, milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi hodimlari bor. Shuningdek IIV YPX ikki nafar marxum xodimlari ham bor
Sputnik
TAShKENT, 9 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun", - deyiladi farmon matnida.
Farmon bilan jami 44 kishi mukofotlangan, jumladan:
"Mardlik" ordeni bilan - 4 kishi;
"Do‘stlik" ordeni bilan - 1 kishi;
"Jasorat" medali bilan - 13 kishi;
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan - 17 kishi;
"Shuhrat" medali bilan - 9 kishi.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati quyida.
Mudofaa doktrinasi yangilanadi — Shavkat Mirziyoyev armiyani rivojlantirish yo‘nalishini belgiladi