TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlarining "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol va qat’iy harakatlar natijasida Sumi viloyatidagi Komarovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sumi viloyatining Xoten, Yastrebinoe va Kondratovka aholi punktlari hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining mexanizatsiyalashgan, desant-hujum hamda hududiy mudofaa brigadalari tuzilmalariga yirik talafot yetkazildi.
Shuningdek, Xarkov yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlarining uchta mexanizatsiyalashgan brigadasiga va chegara xizmati bo‘linmalariga Krugloe, Ternovaya, Staritsa va Volchanskie Xutora aholi punktlari hududlarida zarba berilgan.