“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” badiiy ko‘rgazmasi - sara suratlar

Badiiy akademiya tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 1993 yil 29-dekabrda Respublika Oliy Kengashi qaroriga muvofiq 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligiga bag‘ishlangan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” nomli badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasida O‘zbekiston rassomlarining rangtasvir va grafika asarlari namoyish etilmoqda. Ularda buyuk sarkardalar — Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Spitamen hamda jadidlar harakati yetakchilari Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir singari vatandoshlarimizning mardlik, jasorat va vatanparvarlik ruhi badiiy ifodasini topgan.
Ko‘rgazma tomoshabinlari uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi. Ekspozitsiya orqali Vatanni asrash g‘oyasi — oddiy askardan tortib generalgacha, o‘qituvchidan ma’rifatparvargacha har bir insonning muqaddas burchi ekani yoritib berilgan.
Shuningdek, ko‘rgazmada Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi fondlaridan olingan qimmatli asarlar ham o‘rin olgan.
1 / 14
Vistavka "Natsionalnaya armiya shit rodnoy zemli, straj nashego mira i spokoystviya" v Tashkente
2 / 14

3 / 14

4 / 14

5 / 14

6 / 14

7 / 14

8 / 14

9 / 14

10 / 14

11 / 14

12 / 14

13 / 14

14 / 14

Mazkur badiiy ko‘rgazma 2026-yil 30-yanvargacha davom etadi.