Ayrim pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda pirotexnika buyumlari xavflilik darajasiga qarab I–V sinflarga ajratildi. Faqat xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika buyumlaridan foydalanishga ruxsat beriladi
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Pirotexnika buyumlari ularning xavflilik zonasi, shu jumladan atrofdagi fazoning zararlanish darajasidan kelib chiqqan holda xavflilikning I–V sinflariga bo‘linadi. Mazkur tartib yangi qabul qilingan "Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida"gi Qonunda belgilangan.
Qonunga muvofiq, pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) natijasida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlari hisoblanadi.
O‘zbekistonda xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tashish, o‘tkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonda xavflilikning II–V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tashish, jo‘natish, o‘tkazish, sotib olish, saqlash hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari hamda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shveysariyada sodir bo‘lgan fojia qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q