Gaz qazib chiqarishni oshirish: prezident “O‘zbekneftgaz” rejalari bilan tanishdi

Yig‘ilishda O‘zbekneftgaz AJ kunlik gaz qazib chiqarishni 66 million kub metrdan 70 mln kub metrga yetkazish va bu yil kamida 25,4 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish chorasini ko‘rishi kerakligi aytildi
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda “O‘zbekneftgaz” AJ oldida turgan eng asosiy vazifa tabiiy gaz zaxiralarini oshirish hamda qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish ekani qayd etildi. Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Rassmotreni plani po uvelicheniyu dobichi prirodnogo gaza i transformatsii otrasli
Gaz zaxiralarini o‘stirish uchun yangi istiqbolli investitsiya bloklarini shakllantirish, shuningdek, investorlarga berilgan ayrim maydonlarda ishlarni jadallashtirish va samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Nafta ishlab chiqarish hozirda mavjud quvvatlarning 70 foizida amalga oshirilayotgani, mahsulot esa 50 foizgacha arzon narxlarda eksport qilinayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Naftadan polimer mahsulotlari ishlab chiqarilsa, qo‘shilgan qiymatni 6 barobar oshirish imkoniyati borligi inobatga olinib, mavjud quvvatlarni to‘liq ishlatish choralarini ko‘rish topshirildi.
Mo‘ynoqda katta bosimli yangi tabiiy gaz oqimi aniqlandi