Xitoylik investorlar Samarqanddagi konsert zalini yangilashga $500 ming ajratdi

Samarqandda madaniy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida konsert zali zamonaviy talablar asosida yangilandi. Loyiha xitoylik investorlar ishtirokida amalga oshirildi
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Xitoylik investorlar Samarqanddagi konsert zalini yangilash uchun 500 ming AQSh dollari ajratdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, ixtisoslashtirilgan san’at maktabi qoshidagi konsert zalida qariyb 200 kvadrat metrli ekran, 100 dan ortiq yoritish moslamalari o‘rnatilgan. Shuningdek, o‘rindiqlar yangilangan, grim xonasi jihozlangan va elektr isitish tizimi joriy etilgan.
V Samarkande za schet kitayskix investitsiy obnovlen kulturniy obyekt
Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi direktori Xubbim Hamdamovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil oxirida maktab, xitoylik investorlar hamda Samarqanddagi turkompaniyalardan biri o‘rtasida besh yil muddatga mo‘ljallangan uch tomonlama shartnoma tuzilgan.
V Samarkande za schet kitayskix investitsiy obnovlen kulturniy obyekt
Kelishuvga muvofiq, soat 14:00 gacha zaldan maktab foydalanadi. Undan keyin esa hamkorlar tomonidan sayyohlar uchun konsertlar o‘tkazila boshlangan bo‘lib, mehmonlar O‘zbekiston hududlarining musiqiy an’analari bilan tanishtirilmoqda.
Xitoy – Markaziy Osiyo qo‘shma laboratoriyasi tashkil etildi