TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Belarus YeOIIda xavfli tovarlar uchun umumiy “qora ro‘yxat” yaratishni tezlashtirini taklif qildi.
Ushbu "Qora ro‘yxat" YeOIIga a’zo barcha davlatlar uchun xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni qamrab oluvchi yagona reyestr bo‘ladi.
Hozirda bunday ro‘yxat asosan faqat Belarusda amal qiladi. Shu sababli ittifoqning umumiy bozorida nazorat parchalangan holda olib borilmoqda.
Umumiy reyestr yaratilsa, bunday mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar ittifoqqa a’zo barcha mamlakatlar uchun ochiq bo‘ladi va ularning YeOII hududida erkin tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.