TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Nyu-Yorkda migratsiya reydlariga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RT muxbiri voqea joyidan.
Namoyishchilar "ICE terrorini to‘xtating" va "Shaharlarimizga qo‘shinlar kiritmang" yozuvlari bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni Minneapolis shahrida AQSh Immigratsiya va Bojxona Nazorati (ICE) xodimi 37 yoshli Rene Nikol Gudni otib o‘ldirgan edi.
Viloyat xavfsizligi kotibi Kristi Noemning so‘zlariga ko‘ra, Gud "ofitser o‘t ochishdan oldin uni o‘z mashinasida bosib ketishga" uringan.
Ma’lumot uchun, bir necha yil oldin AQShda boshlangan BLM (Blac liives matter) harakati ham aynan Minneapolisda qora tanli fuqaroning politsiya xodimi tomonidan o‘ldirilishi oqibatida boshlangan edi.