Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina armiyasida dezertirlar 300 mingga yetdi —bu ko‘p Yevropa davlatlari armiyasidan ham ko‘p

Ukraina armiyasida harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tark etganlar soni 300 mingdan oshgan. Ya’ni, faqat qochqinlar sonining o‘zi ayrim Yevropa davlatlari armiyasining umumiy sonidan ham ko‘p
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlarida qochqinlar (dezertirlar) soni taxminan 300 ming nafarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti Rossiya kuch tuzilmalaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil dekabr oyida Ukraina Bosh prokurori idorasi harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tark etish hamda Qurolli Kuchlarda qochish holatlari bo‘yicha ishlar soniga oid ma’lumotlarni ochiq manbalardan olib tashlagan.
Shuningdek, Vladimir Putin ham o‘shanda Ukraina Qurolli Kuchlarida qochqinlar soni yuz minglab ekanini ma’lum qilgan edi.
“Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Ukrainada 300 mingga yaqin odam harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tark etgan”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Dezertirlar soni 2022-yilgacha bo‘lgan Ukraina armiyasi sonidan oshib ketdi - ukrain deputati