Rossiyada tibbiy ko‘rikdan bosh tortgan migrantlar deportatsiya qilinishi mumkin

Rossiyaga uch oydan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari uchun majburiy tibbiy ko‘rik talablari kuchaytirilib, qoidabuzarlik uchun deportatsiya choralari qo‘llanishi mumkin
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiyaga kelgan chet el fuqarolari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud qarori asosida mamlakatdan chiqarib yuborish imkoniyati bilan jarima qo‘llash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tartib Rossiyaga uch oydan ortiq muddatga kelgan barcha chet el fuqarolariga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun belgilangan muddatni 90 kundan 30 kungacha qisqartirish taklif qilinmoqda.
Taklif etilayotgan o‘zgartishlar doirasida tibbiyot tashkilotlariga ma’lumot taqdim etish bo‘yicha yangi majburiyatlar joriy etiladi.
"Tibbiyot tashkilotlariga ma’lumot yuborish majburiyatini yuklash: Rossiya Ichki ishlar vazirligiga — rasmiylashtirilgan xulosalar to‘g‘risida, Rospotrebnadzorga — muhojirda yuqumli kasallik aniqlangani to‘g‘risida uni tezkor deportatsiya qilish maqsadida," — deya qo‘shimcha qildi Davlat dumasi raisi.
Bundan tashqari, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar yo‘qligi haqidagi hujjatlarni qalbakilashtirish va aylantirish uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilgani aytildi.
Rossiyada migratsiya imtihonlari tartibi o‘zgarmoqda — tafsilotlar