Buxoroda ilk bor jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi

Buxoro viloyatida jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorga murakkab transplantatsiya operatsiyasi o‘tkazilib, hozirda bemor va donorning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Buxoro viloyatida qariyb 10 soat davom etgan jigar transplantatsiyasi operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bir necha yildan beri jigar sirrozi bilan og‘rib kelayotgan Olot tumanida yashovchi Vohidjon Nazarovga ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyati filialida o‘tkazilgan. Donor sifatida uning turmush o‘rtog‘i tanlangan.
Amaliyot Jasur Sobirov hamda xorijlik shifokor Somon Nekihboliyon tomonidan, buxorolik jarrohlar ishtirokida bajarilgan.
Hozirda bemor va donorning ahvoli qoniqarli. Ular malakali mutaxassislar nazorati ostida zarur muolajalarni davom ettirmoqda.
Xorazmda ilk bor jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi bajarildi