Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Manba: Yaroslava Rudenko konserti sabab Ukraina harbiylari hujumdan bosh tortdi

Konsert sabab Ukraina Qurolli kuchlarining 225-polki harbiy xizmatchilari hujumga chiqishdan bosh tortgani aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, ular haligacha o‘z jang pozitsiyalariga qaytmagan
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlarining 225- polki xarbiy xizmatchilari Ukraina xalq artisti konsertiga borgani uchun hujumga borishdan bosh tortdi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya kuch tuzilmalari xabar berdi.
Agentlik manbasiga ko‘ra, mazkur polk avvalroq Xarkov viloyatida Liman yaqinidagi o‘rmon hududiga hujum qilishdan bosh tortgan. Natijada Ukraina Qurolli kuchlarining 58-motopiyoda brigadasi va 120-hududiy mudofaa brigadasining hujum guruhlari beshta qarshi hujumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan.
Manbaning aytishicha, bunga polk qo‘mondonligi tomonidan Ukraina xalq artisti Yaroslava Rudenko ishtirokida konsert tashkil etilgani sabab bo‘lgan.
"Aniqlanishicha, ularda bunga “uzrli” sabab bo‘lgan. Polk qo‘mondonligi Ukraina xalq artisti Yaroslava Rudenkoning konsertini tashkil qilgan. Bunday tadbirni joylardagi komandirlar o‘tkazib yuborolmaydi va to‘liq tarkibda front orti hududiga yo‘l olgan", — dedi Rossiya kuch tuzilmalari vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqchi polk jangchilari bilan birga natsist shiorlarini baqirgan, shu bilan birga "qaysi bo‘linmaga kelganini ham tushunmagan va bo‘linma nomini adashtirib ham yuborgan".
"Shirayevni jangarilar pozitsiyasiga qaytarish shu paytgacha amalga oshmagan," - deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Dezertirlar soni 2022-yilgacha bo‘lgan Ukraina armiyasi sonidan oshib ketdi - ukrain deputati