TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. "Xohlovchilar koalitsiyasi" yetakchilari Ukrainaning kelajakda gullab-yashnashiga qaratilgan misli ko‘rilmagan kelishuvni yakunlash arafasida. Bu haqda AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Parijda bo‘lib o‘tgan koalitsiya uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.
"Biz, shuningdek, bunday mojaro natijasida ilgari hech bir davlat ko‘rmagan misli ko‘rilmagan farovonlik kelishuvini yakunlashga juda-juda yaqin turibmiz", — dedi Uitkoff jurnalistlarga.
Avvalroq, seshanba kuni Stiv Uitkoff va AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner Parijda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazgan. Muzokaralar koalitsiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi arafasida o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentabr oyida Parijda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron raisligida "xohlovchilar koalitsiyasi" ishtirokchilarining sammiti bo‘lib o‘tgan. Sammit yakunida Fransiya rahbari 26 davlat o‘t ochish to‘xtatilganidan so‘ng Ukraina hududida "tiyib turuvchi kuchlar" joylashtirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.