“Humans” ishi: “Octagram” bo‘yicha tekshiruv materiallari IIBBga topshirildi

“Octagram” AJga oid tekshiruv materiallari Toshkent shahar IIBBga taqdim etildi. Shuningdek, fuqarolarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish mumkinligi bildirildi
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik.“Humans” MChJga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan “Octagram” AJ to‘lov tashkilotida o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotnoma Toshkent shahar IIBBga taqdim etildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.
Qayd etilishicha, bundan oldin Markaziy bankning tegishli farmoyishi asosida ishchi guruh tuzilib, tekshiruv ishlari amalga oshirilgan.
Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha fuqarolarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish tavsiya etilgan.
"Humans" orqali to‘lovlar vaqtincha to‘xtatildi — Markaziy bank izoh berdi