Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri endi o‘z kadrlarini O‘zbekistonda tayyorlaydi

CONCH Cement va Olmaliq davlat texnika instituti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Olmaliq davlat texnika instituti hamda Xitoyning konchilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan "CONCH Cement" o‘rtasida strategik sheriklik va hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur bitimda ishlab chiqarish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish, kon elektromexanikasi yo‘nalishida yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarni bajarish va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga xitoylik olimlar bilan hamkorlikda joriy etish maqsadi belgilandi.
Bundan tashqari, Olmaliq davlat texnika instituti bazasida "CONCH Cement" tarkibiy bo‘linmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kompaniya xodimlarining malakasini oshirish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish masalalari ham kelishib olindi.
Almalikskiy texinstitut i kitayskaya "CONCH Cement" podpisali soglashenie
Bunda korxona uchun istiqbolli sohalarda mutaxassislar tayyorlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun Xitoy va boshqa xorijiy davlatlarda stajirovka dasturlarini tashkil qilish, korxonaning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish kabi qator mavzularda ham takliflar ilgari surildi.
Ta’kidlanganidek, bularning barchasi prezident o‘z Qarorida mazkur OTM oldiga qo‘ygan pirovard maqsad - Institutda jahon miqyosidagi geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabini yaratishga qaratilgan.
Bugungi kunda Xitoyning “CONCH Cement” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab sement hamda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi yuzlab korxonalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, konchilik sohasining eng yirik vakillaridan hisoblanadi. Yiliga bir necha yuz million tonna mahsulot ishlab chiqarib, dunyoning 20 davlatiga eksport qiladi.
Avstraliya kompaniyasi O‘zbekiston oliygohiga 2 mln dollardan ortiq sarmoya kiritmoqda