Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Sumi viloyatidagi aholi punktini nazoratga oldi — tafsilotlar

Rossiya Qurolli kuchlari 2026-yil boshidan uchinchi qishloqni nazorat ostiga olganini RF Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Sumi viloyatidagi Grabovskoe qishlog‘ini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
"Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Sumi viloyatining Grabovskoe aholi punktini nazorat ostiga oldi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, dushman artilleriya va FPV-dronlarning aniq zarbalari natijasida asosiy qarshilik markazlaridan mahrum qilingan, yo‘qotishlarga uchragan va o‘z pozitsiyalarini tashlab, qishloqni tark etishga majbur bo‘lgan. Kichik guruhlar bilan harakat qilgan hujum bo‘linmalari aholi punktida mustahkam o‘rnashib, binolar, yerto‘lalar hamda ularga tutash o‘rmonzorlarni tozalashga muvaffaq bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Grabovskoe "Shimol" qo‘shinlari guruhining 34-alohida gvardiya motoo‘qchi brigadasi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida nazorat ostiga olingan.
Shuningdek, "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Ukrainaning Sumi va Xarkov viloyatlari chegara hududlarida xavfsizlik mintaqasini yaratish doirasida har kuni oldinga siljib borayotgani qayd etilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Xarkov viloyatidagi aholi punktini ozod qildi