TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li ham Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.