TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmigalga energetika vazirligini boshqarish hamda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallash taklif qilingan. Prezident ushbu qaror Ukraina parlamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirgan.
Avvalroq Zelenskiy o‘z idorasi rahbari etib Kirill Budanovni ("Rosfinmonitoring" tomonidan ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan) tayinlash to‘g‘risida farmon imzolagan, shuningdek, Oleg Ivashchenko Ukraina bosh razvedka boshqarmasi rahbari etib tayinlangan. Shu bilan birga, prezident raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorovga yangi mudofaa vaziri bo‘lishni taklif qilganini aytgan.
Shu bilan birga, prezident hozircha Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni iste’foga chiqarish rejasi yo‘qligini bildirdi.
"Bugun bosh qo‘mondonni almashtirish ko‘zda tutilmagan", — dedi Zelenskiy.
New York Times qayd etishicha, Budanov AQSh bilan mustahkam aloqalarga.
"Budanov AQSh bilan mustahkam aloqalarga ega, bu esa prezident Tramp ma’muriyati bilan tinchlik muzokaralarida muhim rol o‘ynashi mumkin. U MRB tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur doirasida tayyorgarlikdan o‘tgan," - deyiladi nashrda.
Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida ushbu tayinlanishni izohlab, diplomatik ishlarga alohida urg‘u berdi.
"Prezident ofisi, birinchi navbatda, Ukraina mudofaa va xavfsizlik kuchlarini rivojlantirish, shuningdek, diplomatik trekdagi ishlarni kuchaytirishga xizmat qilishi kerak", — deb yozdi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy 28-noyabr kuni prezident idorasi rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqargan. Yermakning iste’fosi Ukraina energetika sohasidagi korrupsiya mojarosi fonida sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ish doirasida tadbirkor Timur Mindich asosiy figurant sifatida tilga olinmoqda.