Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya armiyasi Xarkov viloyatidagi aholi punktini ozod qildi

"G‘arb" qo‘shinlari navbatdagi aholi punktini ozod qildi. Hamda zarbalar natijasida Ukraina QK harbiylari va texnikasi, jumladan AQShda ishlab chiqarilgan texnika yo‘q qilingani ma’lum qilindi
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidagi Podoli qishlog‘ini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Podoli aholi punktini nazorat ostiga oldi"- deyiladi xabarda.
Shuningdek, Xarkov viloyati hamda DXR hududlarida Ukrainaning mexanizatsiyalashgan, hujumkor va aeromobil brigadalari, shuningdek Milliy gvardiya bo‘linmalarining ishchi kuchi va texnikasiga qattiq zarbalar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, janglar natijasida Ukraina tomoni 180 nafargacha askar, ikkita zirhli jangovar mashina, to‘qqizta avtomobil, AQShda ishlab chiqarilgan 155 mm M198 gaubitsasi hamda uchta o‘q-dori omborini yo‘qotgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya DXRdagi Bondarnoe qishlog‘ini ozod qildi