Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya DXRdagi Bondarnoe qishlog‘ini ozod qildi

Ukraina o‘tgan sutka davomida 1300 askarini yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari DXRdagi Bondarnoe qishlog‘ini nazoratga oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Janub” kuchlar guruhi bo‘linmalari faol amaliyotlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Bondarnoe qishlog‘ini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Rossiya kuchlari Zakotnoe, Kondratovka, Konstantinovka, Malinovka va Reznikovka qishloqlari yaqinida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurollining kuchlari maxsus operatsiyaning barcha hududlaridagi yo‘qotishlari 1300 kishini tashkil qilgan (qurbon va yaralanganlar.
Shuningdek, 126ta uchuvchisiz apparatlar, 26 ta zirhli jangovar texnika, 89 ta mashina va 28ta artilleriya qurollari va 3ta yoppasiga o‘t ochish tizimini tashkil qilgan.