TOShKENT, 2 yanv — Spurtnik. O‘zbekistonda 2026-yilning 1-yanvarida 1815 nafar chaqaloq tug‘ildi. Ulardan 894 nafari qiz va 921 nafari o‘g‘il, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Eng ko‘p chaqaloq Surxondaryo (243) va Farg‘ona (216) viloyatlarida tug‘ilgan.
Eng kam tug‘ilishlar esa Sirdaryo (29), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (41), Navoiy (55) va Xorazm (65) viloyatlarida qayd etilgan.
Eng kam tug‘ilishlar esa Sirdaryo (29), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (41), Navoiy (55) va Xorazm (65) viloyatlarida qayd etilgan.
Novorojdennie v 2026 godu
© MinZdrav Uzbekistana
Vazirlik xabariga ko‘ra, dunyoga kelgan bolalar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor. Ulardan 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.
So‘nggi besh yilning birinchi yanvarida dunyoga kelgan chaqloqlar soni: 2021-yilda 1644 nafar, 2022-yilda 2316 nafar, 2023-yilda 2155 nafar, 2024-yilda esa 1859 nafar, 2025-yilda esa 1641 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.