TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining Xerson viloyatining Xorli qishlog‘idagi kafe va mehmonxonaga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetdi.
“Terrorchilik harakati natijasida 27 kishi, jumladan, ikki nafar voyaga yetmaganlar halok bo‘ldi”, — dedi u.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan 31 nafar jabrlanuvchi, jumladan, besh nafar bola shifoxonalarga yetkazilgan.
Voqea joyini dastlabki ko‘zdan kechirish chog‘ida mutaxassislar bir nechta uchuvchisiz uchoqlarning bo‘laklarini topishdi. 26 dan ortiq sud-tibbiy ekspertizalar, jumladan, tibbiy, genetik, portlovchi va yong‘in xavfsizligi ekspertizalari tayinlangan.
1 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Yangi yilni nishonlash uchun 100 ga yaqin odam yig‘ilgan Xorli sohilidagi kafe va mehmonxonaga hujum qildi. Hujum oqibatida 24 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 29 nafari yaralandi, ulardan besh nafari bolalar.
Xerson viloyati gubernatori Volodimir Saldoning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari odamlar ustiga ataylab yonuvchi snarad tashlagan. Hujumda NATO mamlakatlarida ishlab chiqarilgan razvedkachi dronlardan foydalanilgan. Viloyat gubernatori bunda Britaniya razvedka idoralarining ishtirokini isisno qilmadi. Tergov qo‘mitasi terrorizm bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.