Mirziyoyevni kimlar Yangi yil bilan tabrikladi

Xorijiy hamkorlar O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Yangi 2026-yil munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ularni xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblari yo‘llagan.
Qutlovlarda Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berilgan.
Shu bilan birga, mamlakat xalqaro maydondagi mavqeyi va nufuzi tobora mustahkamlanib borishiga xizmat qilayotgan proaktiv, ochiq va pragmatik tashqi siyosatning samaralari alohida qayd etilgan.
Xorijiy hamkorlar O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga yangi yilda tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Jumladan, Rossiya, Xitoy yetakchilari, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari, arab davlatlari yetakchilari o‘z tabriklarini yo‘llagan.
Bundan tashqari, ShHT, MDH, TDT va IHT bosh kotiblari Yangi yil munosabati bilan tabriklagan.
Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi