Korrupsiya haqida xabar berganlarga himoya orderi beriladi

“Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ham ta’sis etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi beriladi. Bu prezident imzolagan farmonda ko‘zda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
Bundan tashqari, quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi 2026-yil 1-iyuldan sinov rejimida ishga tushiriladi, jumladan:
Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashish;
Dasturiy kompleksning “E-Komplaens” modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.
Agentlikka davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalariga tizim tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va ularni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish huquqi beriladi.
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi