TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlar va talabalikni rasmiylashtirishning muddati 2026-yilning 31-yanvariga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bunda:
qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida foizi miqdorida;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Vazirlik amaldagi tartibga ko‘ra ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkinligini eslatdi.