TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari birlashgan guruh qo‘shinlari ishonch bilan dushman mudofaasining ichkarisiga kirib bormoqda. Bu haqda mamlakat Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi.
“Birlashgan guruh qo‘shinlari ishonch bilan dushman mudofaasining ichkarisiga kirib bormoqda”, - dedi u “Shimol” qo‘shinlari guruhining jangovar vazifalarni bajarishini tekshirish chog‘ida.
Shuningdek, Gerasimovning ma’lum qilishicha:
qo‘shinlar bu yil hujumning eng yuqori sur’atiga erishishdi;
bir oy ichida armiya maxsus harbiy operatsiya hududidagi 700 kvadrat metrni ozod qildi;
Sumi va Xarkov viloyatlarida dekabrda yettita aholi punkti nazorat ostiga olindi.
Bosh shtab boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari Vladimir Putin Belgorod va Kursk viloyatlari aholisining osuda hayotini ta’minlash uchun xavfsizlik chizig‘ini kengaytirishni davom ettirish vazifasini topshirgan.
Gerasimov “Shimol” qo‘mondoni va komandirlarining hisobotlarini tingladi va jasorat ko‘rsatgan jangchilarga mukofot topshirdi.