TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Balx viloyatining Hayraton shahrida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Afg‘oniston xalqiga umumiy og‘irligi qariyb 390 tonnani tashkil etgan navbatdagi gumanitar yordamni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur gumanitar yuk “Termez Cargo Centre” maydonchasida shakllantirilib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda tibbiy uskunalardan iborat.
Qayd etilishicha, mazkur aksiya 2025-yil davomida Afg‘oniston xalqiga yo‘naltirilgan to‘rtinchi gumanitar yordam hisoblanadi.