Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Xarkov va Zaporojye yo‘nalishlarida yana ikkita qishloqni ozod qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar qat’iy va faol harakatlari natijasida yana ikkita qishloqni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidagi Boguslavka va Zaporojye viloyatidagi Lukanovskoe qishloqlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Boguslavka aholi punktini nazorat ostiga oldi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda Zaporojye viloyatining Lukanovskoe aholi punkti "Dnepr" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol harakatlar natijasida ozod qilinganligi qayd etilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari DXRdagi Dibrova qishlog‘ini ozod qildi