Yangi yil arafasida biz Toshkent ko‘chalariga chiqib, aholidan ular bayramga qanday tayyorgarlik ko‘rishayotgani va uni qanday hissiyotlar bilan kutib olishayotgani bilan qiziqdik.
Ularga ikkita savol bilan yuzlandik: bayram dasturxonida nimalar bo‘ladi va Yangi yil deganda xayolingizga nimalar keladi?
Ko‘pchilik bayram dasturxoni odatdagidek an’anaviy taomlar – olivye, shuba ostidagi selodka, norin, palov, shashlik bilan bezatilishini aytdi. Javoblarda “xolodes” kabi tansiq taom ham yangradi.
Yangi yil deganda aksariyatlar xayoliga oilaviy va to‘kin dasturxon, mandarin, yangi umid va yutuqlar kelishini bildirdi.
Batafsil javoblar – Sputnik videosida.