Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar rivoji yuqori baholandi
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev va Nazarboyev yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, qardosh mamlakatlar xalqlariga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilaklarini izhor etishdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga chiqqani, shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlik barcha ustuvor sohalarda izchil rivojlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston–Turkmaniston: Mirziyoyev va Berdimuhamedov muloqotida bosh yo‘nalishlar belgilandi