Infratuzilma loyihalarida “yashil” texnologiyalar joriy etiladi

2026–2028 yillarga mo‘ljallangan infratuzilma dasturida “yashil” texnologiyalar va energiya tejamkor yechimlarga ustuvor ahamiyat beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 2026–2028 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirishga budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan 3,4 trillion so‘m mablag‘dan samarali foydalanishni tashkil etish belgilandi.
Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda qayd etilgan.
Shuningdek, dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi, jumladan:
qurilish obyektlarini loyihalashda “yashil” texnologiyalarni keng joriy etish;
ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga 150 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish.
Dastur doirasida yangidan boshlanadigan obyektlarni loyihalashtirishda quyidagilardan foydalanish inobatga olinmagan taqdirda, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi:
energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish;
ekologik toza va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilish materiallarini qo‘llash.
Qayd etilishicha, 2026-yildan boshlab loyiha qiymati BHMning 6 000 barobaridan yuqori bo‘lgan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash loyihalari Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qamrab olinadi.
Kambag‘allikdan xoli hudud, aholi bandligini ta’minlash - prezident axborot bilan tanishdi